21:17 / 23.10.2018
3 580

Mourino «Yuventus»ga qarshi o‘yin oldidan original ishga qo‘l urdi

Mourino «Yuventus»ga qarshi o‘yin oldidan original ishga qo‘l urdi
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqich 3-tur «Yuventus»ga qarshi o‘yinga kechikmaslikni o‘yladi va original ishga qo‘l urdi. Jamoa «Old Trafford» stadionidan 10 daqiqalik piyoda yo‘l yaqinlikdagi «Xilton» mehmonxonasida joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, YeChL 2-tur «Valensiya» klubiga qarshi o‘yinda «MYu» futbolchilari Manchester shahridagi tirbandliklar tufayli 10 daqiqaga kechikdi. O‘shanda o‘yin boshlanishi 5 daqiqaga ortga surildi, UYeFA esa klubni 15 ming yevroga jarimaga tortdi.

«Manchester Yunayted» - «Yuventus» bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino «Yuventus»ga qarshi o‘yin oldidan original ishga qo‘l urdi