23:24 / 23.10.2018
3 191

Sergey Lushchan: “Nasaf” bugun bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi”

Sergey Lushchan: “Nasaf” bugun bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi”
“Nasaf” – “So‘g‘diyona” (3:0) uchrashuvi yakunlangach, jamoalar murabbiylari o‘yin haqidagi fiklari bilan o‘rtoqlashishdi.
Dastlab bu vazifani “So‘g‘diyona” jamoasi ustozi Sergey Ivanovich Lushan bajardi.

Sergey Lushan: Avvalambor, “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun raqibimiz juda mazmunli va sifatli o‘yin namoyish etdi. Shaxsan men mamlakatimizda shunday jamoa borligidan mamnunman. Bugun “Nasaf” bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi. Jamoamizga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘yinimiz bugun ko‘ngildagidek chiqmadi. Albatta, bunday jamoaga qarshi o‘ynash qiyin. Bu yil biz uchinchi marta “Nasaf” bilan bahs yuritdik. Menga qolsa, bunday jamoa bilan ko‘proq bahslashgan bo‘lardik. Chunki, bunday raqibga qarshi to‘p surish, ko‘p narsani beradi.

“Nasaf” klubining ajoyib futbol maktabi bor va bu yerda uzluksiz iste’dodlar yetishib chiqayapti. To‘g‘ri, jamoa ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Menimcha, bu vaqtinchalik holat. “Nasaf”ning poydevori juda kuchli, ulg‘ayotgan yoshlar bari-bir kelajakda o‘zlarini ko‘rsatishadi. Bu futbolchilar uzoqqa borishlari mumkin.

Umuman olganda, mamlakatimizdagi “Nasaf”dek klubga e’tiborni kuchaytirish kerak. Chunki bu klubda futbol uchun hammasi bor.

Manba: fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: “Nasaf” bugun bizdan har tomonlama ustun bo‘ldi”