08:00 / 24.10.2018
3 124

«Man Siti» safarda «Shaxtyor»ni tor-mor keltirdi va boshqa natijalar

«Man Siti» safarda «Shaxtyor»ni tor-mor keltirdi va boshqa natijalar
Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan F guruhidagi uchrashuvlar o‘z yakuniga yetdi.

«Shaxtyor» o‘z maydonida «Manchester Siti» bilan bahs yuritdi. «Metallist» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

30-daqiqada David Silva mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Emerik Laport hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. 70-daqiqada Bernardu Silva o‘zining aniq zarbasi bilan o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yini «Rayn-Nekar-Arena»da bo‘lib o‘tdi. Unda «Xoffenxaym» va «Lion» jamoalari jangovar duranga imzo chekishdi.

Murosasiz kechgan o‘yinda mehmonlar sal qolsa g‘alabani ilib ketishardi, biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Joelinton o‘zining goli bilan Zinsxaym klubiga durangni taqdim etdi.

Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. «Manchester Siti» (6 ochko), 2. «Lion» (5), 3. «Xoffenxaym» (2), 4. «Shaxtyor» (2).

Parallel kechgan o‘yinda «Ayaks» klubi «Amsterdam Arena»da «Benfika»ni mehmon qildi. Maydon egalari hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan yagona gol evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, «Ayaks» 7 ochko to‘plagan holda Ye guruhida «Bavariya» bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda.

YeChL, 3-tur

Shaxtyor Ukraina – Manchester Siti Angliya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar:
0:1 – 30 Silva, 0:2 – 35 Laport, 0:3 – 70 Bernardu Silva.

Shaxter – Pyatov, Krivsov, Ismaili, Matviyenko, Rakitskiy, Kovalenko (Alan Patrik, 62), Maykon, Vellington Nem (Bolbat, 69), Stepanenko, Fernando Pedro (Dentino, 84), Morayes.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Laport, Mendi, Stounz (Uoker, 80), Silva, Fernandino, Marez, de Bryuyne (Bernardu Silva, 69), Sterling, Gabriel Jezus (Foden, 87).

Ogohlantirishlar: Krivsov (87), Otamendi (90).

Xoffenxaym Germaniya – Lion Fransiya 3:3 (1:1, 2:2)
Gollar:
0:1 – 26 Traore, 1:1 – 32 Kramarich, 2:1 – 47 Kramarich, 2:2 – 59 Ndombele, 2:3 – 67 Depay, 3:3 – 90+ Joelinton.

Xoffenxaym – Baumann, Kaderjabek, Fogt, Akpoguma, Shuls, Grillich, Demirbay, Bichakchich (Nelson, 73), Kramarich, Salai (Joelinton, 60), Belfodil (Suber, 81).
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Tete, Denayer, Mendi, Tere (Ferri, 82), Ndombele, Depay (Dembele, 81), Auar, Traore (Diop, 90), Tuzar.

Ogohlantirishlar: Tete (86), Demirbay (90).

Ayaks Gollandiya – Benfika Portugaliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 90+2 Mazraui.

Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui, de Yong, Shene, Ziyesh, van de Bek (Neres, 88), Tadich, Dolberg.
Benfika – Vlaxodimos, Konti, Grimaldo, Andre Almeyda, Jardel, Jedson Fernandesh, Feysa, Pitssi (Pires, 79), Salvio, Rafa Silva (Servi, 90), Seferovich.

Ogohlantirishlar: Jardel (9), Mazraui (22), Onana (39), Talyafiko (49), Konti (64), Salvio (72), Seferovich (86).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Man Siti» safarda «Shaxtyor»ni tor-mor keltirdi va boshqa natijalar