20:01 / 24.10.2018
3 135

Superliga. Toshkent derbisida "Bunyodkor" "Paxtakor"ga yutqazdi

Superliga. Toshkent derbisida "Bunyodkor" "Paxtakor"ga yutqazdi
Superliganing 27-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 36-daqiqasida raqib himoyachisidan to‘pni egallab olgan Tiago Bezerra birga-bir vaziyatda to‘pni darvozaning yuqori qismiga aniq yo‘lladi - 0:1.

80-daqiqada Alijonov oshirgan to‘pni Jamshid jarima maydoni tashqarisidan yerlatib darvozaning chap burchagiga aniq yo‘lladi - 0:2.

24 oktyabr, chorshanba

“BUNYoDKOR” – “PAXTAKOR” 0:2
Gollar:
Tiago Bezerra 36, - 0:1. Jamshid Iskanderov 80, - 0:2.

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Dilshod Jo‘rayev, Dilshod Ahmadaliyev (Filip Rayevats, 82), Shahzodbek Nurmatov, Abdulla Abdullayev, Murodjon Toshmatov (Rasul Yo‘ldoshev, 87), Sanjar Qodirqulov (Farrux Ikromov, 82), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov
Zaxira: Jasurbek Umirzoqov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Mirjahon Mirahmadov, Jasur Jaloliddinov,

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets, Marko Simich (s), Xojiakbar Alijonov, Azimjon Ahmedov, Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 73), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 56), Dragan Cheran (Igor Sergeyev, 61), Ismoil Gonsalvesh, Tiago Bezerra
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiyev, Sobit Sindarov,

Ogohlantirishlar: Tiago Bezerra 22, Rustam Ashurmatov 51.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Toshkent derbisida "Bunyodkor" "Paxtakor"ga yutqazdi