22:30 / 24.10.2018
3 309

Ronaldu – Fergyusonga: Sizni yaxshi formada ko‘rish juda ajoyib, boss!

Ronaldu – Fergyusonga: Sizni yaxshi formada ko‘rish juda ajoyib, boss!
«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqich 3-tur «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z instagram rasmiy sahifasida o‘zining sobiq ustozi Aleks Fergyuson bilan sur’atini e’lon qildi.

«Buyuk murabbiy, bundan ham muhimi ajoyib inson. Menga maydonda va uning tashqarisida ham ko‘p narsalarni o‘zgartgan. Sizni yaxshi formada ko‘rish juda ajoyib, boss!», - deydi Ronaldu.

Portugaliyalik futbolchi «Manchester Yunayted» klubida Fergyuson qo‘l ostida 2003 yildan 2009 yilgacha to‘p surgan. 4 may kuni mutaxassisning miyasiga qon quyulishi oqibatida jarrohlik amaliyotiga yotqizildi. Hammasi joyida va shotlandiyalik murabbiy yana stadionda futbol tomosha qilmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu – Fergyusonga: Sizni yaxshi formada ko‘rish juda ajoyib, boss!