01:00 / 25.10.2018
3 129

«Monako» safarda durang qayd etdi, «Tottenxem» esa o‘yin so‘nggida g‘alabani qo‘ldan chiqardi

«Monako» safarda durang qayd etdi, «Tottenxem» esa o‘yin so‘nggida g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 3-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

«Monako» safarda «Bryugge»ga qarshi bahs olib bordi. «Yan Breydel» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

31-daqiqada Mussa Silla Aleksandr Golovin uzatgan to‘pni mezbonlar darvozasiga aniq yo‘naltirib hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Uesli hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Parallel kechgan o‘yinda «PSV» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qildi. «Filips Stadion»da kechgan o‘yin jangovar durang bilan yakun topdi.

O‘yin londonliklarning ketma-ket hujumlari ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish Eyndxoven klubiga nasib qildi. 29-daqiqada Irving Losano jamoasini oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Lukas Moura hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Xarri Keyn mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

So‘nggi o‘n daqiqalik boshlanishi arafasida «shporlar» posboni Ugo Loris qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Sondagi ustunlidan mezbonlar unumli foydalanishdi va 87-daqiqada Lyuk de Yongning goli evaziga muvozanatni tiklashdi.

Shu tariqa, «Tottenxem» YeChLdagi g‘alabasiz seriyasini davomm ettirdi.

YeChL, 3-tur

Bryugge Belgiya – Monako Monako 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:
0:1 – 31 Silla, 1:1 – 39 Uesli.

Bryugge – Letitsa, Pulen, Densvil, Mexele, Vormer, Vlitink (Mata, 83), Vanaken, Nakamba, Bonaventure (Diatta, 90), Uesli, Rezayei (Openda, 79).

Monako – Badiashile, Radji, Sidibe (Xenrixs, 64), Glik, Jemerson, Shadli, Ait-Bennasser, Golovin, Tilemans, Silla, Yovetich (Diop, 12; Axolu, 73).
Ogohlantirishlar: Sidibe (44), Jemerson (57), Nakamba (64), Uesli (85), Bonaventure (89), Tilemans (90).

PSV Gollandiya – Tottenxem Angliya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar:
1:0 – 29 Losano, 1:1 – 39 Lukas Moura, 1:2 – 54 Keyn, 2:2 – 87 de Yong.

PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever, Rosario, Xendriks, Pereyro (Gakpo, 83), Losano, Malen, de Yong.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Devis, Tripper, Sanches, Lukas Moura (Lamela, 64), Dayer, Dembele (Uinks, 74), Eriksen, Son Xыn Min (Vorm, 81), Keyn.
Ogohlantirishlar: Dembele (20), Tasende (59), Dumfris (90).
Chetlatish: Loris (79).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Monako» safarda durang qayd etdi, «Tottenxem» esa o‘yin so‘nggida g‘alabani qo‘ldan chiqardi