08:30 / 27.10.2018
3 026

Sarri: «Afsuski, asosiy tarkibda 11 nafar futbolchi tushadi, xolos»

Sarri: «Afsuski, asosiy tarkibda 11 nafar futbolchi tushadi, xolos»
«Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klubning muammolari haqida fikr yuritdi.

«Boshlang‘ich tarkibda maydonga faqat 11 nafar futbolchi tushishi mumkin. Ixtiyorimda esa 28 nafar futbolchi bor. Bu kichik muammoni qanday qilib yechishni bilmayman. Axir maydonga 15–16 futbolchi tusha olmaydi.

Yarim himoyachilarning xarakteristikasidan kelib chiqib taktika borasida muammoga duch keldim. Ishlashda davom etishimiz kerak. Ular himoyadagi o‘yinni yaxshilashlari kerak. Balki, qachondir Barkli va Loftus-Chikni bir vaqtning o‘zida boshlang‘ich tarkibga kiritarman.

Muxlislar uni yaxshi ko‘rishadi. U «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu normal holat. Ammo mening muammoyim avvalgicha qoladi», — dedi Sarri.

Manba: www.interfutbol.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarri: «Afsuski, asosiy tarkibda 11 nafar futbolchi tushadi, xolos»