14:14 / 27.10.2018
2 924

Arsen Venger "Milan"da ish boshlashi mumkin

Arsen Venger "Milan"da ish boshlashi mumkin
Uzoq yillar Londonning "Arsenal" klubini boshqargan Arsen Venger faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar”ning amaldagi ustozi Jennaro Gattuzo iste’foga chiqishga yaqin turibdi, shu bois milanliklar ushbu lavozimga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborishgan.

Ta’kidlash kerakki, Venger nomzodi "Milan"ning yangi sport direktori Ivan Gazidisdan chiqqan. Boisi, u bundan avval “Arsenal”da ishlagan va Venger bilan yaxshi tanish hisoblanadi.

“Milan” shuningdek ushbu lavozimga Antonio Konte hamda Roberto Donadoni kabi italiyalik mashhur mutaxassislar nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger "Milan"da ish boshlashi mumkin