19:20 / 27.10.2018
3 224

Shota Arveladze: "Ertaga murabbiylik faoliyatimda birinchi finalda jamoani boshqaraman"

Shota Arveladze: "Ertaga murabbiylik faoliyatimda birinchi finalda jamoani boshqaraman"
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Unda AGMK va "Paxtakor" o‘zaro bellashadi. Bugun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze va himoyachi Sherzod A’zamov ishtirok etdi.

Arveladze: - Final bir o‘yindan iborat va xatoni tuzatib bo‘lmaydi. Finalgacha ishonch bilan yetib keldik. Uni ijobiy yakunlashni xohlaymiz. Raqib kuchli, oxirigacha kurashadigan jamoa. Lekin biz 7 yillik tanaffusdan so‘ng ushbu sovrinni yutishni istaymiz.

A’zamov: - Finalda jiddiy raqib bilan to‘qnashamiz. Ular safida mahoratli o‘yinchilar bor. Biz esa faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Kubokni qo‘lga kiritishni xohlaymiz.

Jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdim, hozir yaxshi holatdaman.

Arveladze: - Ertaga murabbiylik faoliyatimda birinchi finalda jamoani boshqaraman. Bunday o‘yinlar hamisha yoqimli.

Raqib himoyada yaxshi o‘ynaydi, standart vaziyatlardan foydalanishga urinadi. Lekin biz kuchli jihatlarimizni namoyish etishga intilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Ertaga murabbiylik faoliyatimda birinchi finalda jamoani boshqaraman"