22:15 / 27.10.2018
3 114

Yana bir UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovdan revansh olmoqchi

Yana bir UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovdan revansh olmoqchi
UFC jangchisi Maykl Jonson yana rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan oktagonda uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Bu jangchilar 2016 yilda to‘qnash kelishgan va o‘shanda Jonson uchinchi raundda og‘rituvchi usul qo‘llangani uchun taslim bo‘lgan edi. 27 oktyabr kuni Jonson Artem Lobov bilan kuch sinashadi.

– O‘shanda men optimal formamda emasdim, ammo baribir uni to‘g‘rilayman, – deydi Jonson MMA Junkie nashriga. – Men bu jang haqida juda ko‘p o‘yladim. Bilasizmi, u bilan yana uchrashaman va boshqa ssenariy bo‘ladi.

– Hozir yengil vaznda reytingimni ko‘tarishim kerak. Top-5ning kuchli uchtaligida bo‘lganman. Men Xabibni tanlayman. Biz tez orada uchrashamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yana bir UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovdan revansh olmoqchi