22:41 / 27.10.2018
3 472

Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi, Kuper unga yordam beradi

Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi, Kuper unga yordam beradi
Shvetsiyalik mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi qilib tayinlandi.

Mutaxassis mamlakat futbol federatsiyasi bilan 6 oylik shartnoma imzoladi. U terma jamoani Osiyo Kubogi 2019ga olib boradi. Shu paytgacha Filippinni vaqtinchalik boshqarib kelgan Skott Kuper unga yordamchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Erikssonning so‘nggi ish joyi Xitoy 1-ligasi vakili «Shenjen» klubi bo‘lgan edi.

Filippin terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichida Qirg‘iziston, Janubiy Koreya va Xitoy bilan bellashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eriksson Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi, Kuper unga yordam beradi