Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bugun, 28 oktyabr kuni professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mashhur “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazilgan bahsda unga amerikalik Tayrel Rayt raqiblik qildi.
Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bokschimiz ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. Eslatib o‘tamiz, Jalolov bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi