«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega «Real»ni tark etganini gapirib berdi.
«Real»da ko‘p yaxshi ishlarni qilganman. Klubda 9 yil o‘ynadim, bu hissiyotlarni har doim xotiramda saqlayman. Ammo «Real» prezidenti Peres menga pul topish vositasi sifatida qaray boshladi. Buni aniq bilaman. Uning menga aytgan so‘zlari hech qachon qalbidan chiqmagan. Peresning menga munosabati o‘zgardi, buni sezdim. Avval umuman boshqacha edi.
Florentino meni almashtirib bo‘lmas futbolchi ekanimga shubha bildira boshladi. Aynan shu narsa «Real»ni tark etishimga sabab bo‘lgan. Ilk mish-mishlar paydo bo‘lganida, Peres meni ushlab qolishga harakat qilmadi.
Agar faqat pul haqida o‘ylaganimda, Xitoyga ketib, «Yuventus» yoki «Real»dagidan 5 barobar ko‘p pul ishlab topishim mumkin edi. Italiyada Madriddagidan kam pul topmayapman. Farqi shundaki, «Yuventus» meni o‘z safida ko‘rishni juda istadi. Men buni his qildim.
Zidanning ketishi mening ketishimga sabab bo‘lmagan. Men Peres tufayli ketganman», - deb Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda France Football. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi