Klub sobiq vrachi Lyu Xunshenning gapiga qaraganda, sobiq bosh murabbiy Massimo Karrera klub uchun ajratilgan 1 million dollar pulni o‘zlashtirib yuborgan. Vaholanki, bu pullar tibbiyot xodimlari, personal, ma’murlar, yordamchilar, umuman klubning barcha a’zolari uchun mo‘ljallangandi. Bosh murabbiy osonlikcha mablag‘ni o‘ziniki qilgan-qo‘ygan.
— Men klub oltin medalni qo‘lga kiritgach, — deydi sobiq vrach. — Atigi 74 ming rubl miqdorida mukofot puli oldim xolos. Karreraning o‘g‘irligi masalasida futbolchilar Artyom Rebrov, Denis Glushakovlar o‘z fikrlarini bildirishdi. Ular personal uchun o‘yinchilardan pul yig‘ishdi. Qanday sharmandalik!.. Ha, bu futbolchilar juda saxovatli va halol. Ammo Karrerada bunday xislatlar yo‘q ekan. Yaxshiki, uni haydab solishdi. Umuman, uni o‘tgan yili, jamoamiz 19 ta turda ishtirok etib kuchli uchlikka kira olmagan payt haydalishi lozim edi…
Eslatib o‘tamiz, Karrera shu yil 22 oktyabr kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Italiyalik murabbiy «Spartak»ni 2016 yil yozidan boshqara boshlagan. Uning yetakchiligida qizil-oqlar 2001 yildan beri ilk bor 2016/17 yil yakunlariga ko‘ra Rossiya chempioniga aylanishdi. Shu jumladan, 2017 yilgi Rossiya superkubogini ham qo‘lga kiritishdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi