06:39 / 31.10.2018
2 924

Solari: «Melilya»ga qarshi o‘yinda «Real» nimalarga qodirligini ko‘rsatishi kerak

Solari: «Melilya»ga qarshi o‘yinda «Real» nimalarga qodirligini ko‘rsatishi kerak
«Real» klubida bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Santyago Solari jamoaning Ispaniya Kubogi doirasida «Melilya»ga qarshi o‘yinidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz bu o‘yinda nimaga qodir bo‘lsak barchasini ko‘rsatishimiz kerak. Bahsni intiqlik bilan kutmoqdamiz. «Melilya»ga qarshi o‘yinida jamoa shijoat ko‘rsatishi kerak.

Bizning jamoada qiyin damlarni boshdan kechirayotgan chempionlar yig‘ilgan. Biroq xarakter namoyish qilishimiz va bu vaziyatni o‘nglashimiz kerak», – deydi Solari.

«Melilya» – «Real» uchrashuvi ertaga 23:30da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Solari: «Melilya»ga qarshi o‘yinda «Real» nimalarga qodirligini ko‘rsatishi kerak