17:05 / 31.10.2018
3 376

O‘zbekistonlik murabbiy bilan kelishuvni bekor qilgan Sergey Kovalev yangi ustoz topdi

O‘zbekistonlik murabbiy bilan kelishuvni bekor qilgan Sergey Kovalev yangi ustoz topdi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov menejeri Egas Klimasning so‘zlariga ko‘ra, bokschi murabbiylar shtabida o‘zgartirishni amalga oshirgan.

Endi rossiyalik sportchinig tayyorgarlik jarayonini amerikalik mutaxassis Jeyms “Baddi” Makgirt nazorat qilib boradi.

– U murabbiy qidirdi va Makgirt nomzodlar orasiga kiritildi. Sergey “Baddi”ga yo‘l oldi. Bu uning uyidan uzoq emas. Ikkalasi bir necha marta mashg‘ulot o‘tkazgandan keyin Kovalev birgalikda ishlashni xohladi. Endi Kovalevda tanlov yo‘q, – deya Klimasning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Eslatib o‘tamiz, Eleyder Alvaresga mag‘lubiyatdan so‘ng Kovalev o‘zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpulatov bilan shartnomani bekor qildi. Alvares bilan ikkinchi jang 2019 yil boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik murabbiy bilan kelishuvni bekor qilgan Sergey Kovalev yangi ustoz topdi