Professional boksda faoliyatini boshlayotgan o‘zbekistonlik bokschi Mahmud G‘oipov o‘zining debyut jangini 10 noyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Turon24 AA ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sportchi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan RMK yakkakurashlar akademiyasiga qarashli saroyda debyut jangini o‘tkazadi. Mahmud yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Hozircha G‘oipovning raqibi kim bo‘lishi noma’lum bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud G‘oipov bir necha oydan beri AQShda “Mir boksa“ (World of Boxing“) promouterlik kompaniyasi qo‘l ostida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Sportchi mazkur kompaniya bilan shartnoma imzolagan. 10 noyabrdagi jang ikkala tomon hamkorlikda o‘tkazgan ilk boks jangi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi