Professional boksning ikkinchi super yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev WBA ning yangilangan reytingida uch pog‘ona yuqoriladi.
31 oktyabr kuni e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rinda qayd qilingan. Sentyabr oyi uchun reytingda u 6-o‘rinda borayotgandi. Ayni vaqtda Ahmadaliyev vazn toifasidan qat’i nazar, O‘zbekistonning birinchi raqamli bokschisi bo‘lib turibdi.
WBA reytingidan, shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Hasanov 7-pog‘onani saqlab qolgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov bir pog‘ona pastlab 15-o‘ringa tushgan.
Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov 24 noyabr kuni professional boksdagi navbatdagi janglarida ishtirok etadi. Shohjahon Ergashev esa 17 noyabr kuni ringga chiqishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi