22:06 / 01.11.2018
3 679

Andrey Kanchelskis: "Nikachni yoshlar jamoasiga yubordim, bir qancha futbolchi sobiq murabbiy bilan ketishgan"

Andrey Kanchelskis: "Nikachni yoshlar jamoasiga yubordim, bir qancha futbolchi sobiq murabbiy bilan ketishgan"
"Paxtakor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yaxshi o‘yin. Biz uchun natija ijobiy deyish mumkin. "Paxtakor" kubok finalida yutqazib qo‘ydi, ruhan jamoa qiyin holatda edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Shogirdlarim uchun xursandman. Agar o‘yin protokoliga e’tibor qilgan bo‘lsangiz zaxirada 3 nafar futbolchi bor edi, ulardan biri yosh futbolchi edi. Bugun himoyada tartibli o‘ynadik. Barcha yigitlarga rahmat aytaman. Ular 100 foiz kuch bilan o‘ynashdi", - deydi Andrey Kanchelskis.

"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Jangovor durang desak ham bo‘ladi. Bollarga rahmat, maydonda borini berishdi. "Paxtakor"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - deydi Akbar To‘rayev.

- Ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham zaxirada 3-4 nafar futbolchi qayd etilmoqda. Qolganlar qayerga g‘oyib bo‘lishdi?
- Men jamoaga kelganimda shuncha futbolchi bor edi. Faqat Sherzod Karimov va Mirzohid G‘ofurov mening qo‘l ostimda o‘ynab jarohat olishdi. Qolgan futbolchilar esa oldingi murabbiy bilan ketishdi. Masalan, Darko Nikach yoshlar jamoasiga yuborildi. Sababi u "Navbahor" darajasiga mutlaqo mos emasdi.

- Ketgan futbolchilar sobiq murabbiy bilan shartnoma tuzgan ekanmi? Klub bilan emasmi?
- Bu savol menga emas. Buni rahbariyatga berganingiz ma’qul. Men keldim va shu tarkib bilan ishlayapman.

- Mish-mishlarga ko‘ra qishda jamoaga Andrey Arshavin kelar ekan.
- Agar Namanganga kelib uni tomosha qilishni istasa bajonidil. Uni yaxshi kutib olaman (kuladi).

- Hakamlik borasida nima deysiz?
- Hakamlik yaxshi bo‘ldi. Doim mezbon jamoaga biroz yon bosish bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda hakamlarga hech qanday e’tirozim yo‘q.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: "Nikachni yoshlar jamoasiga yubordim, bir qancha futbolchi sobiq murabbiy bilan ketishgan"