O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda mamlakat terma jamoasi vakillarining Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida sportchilar musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 2019 yildan boshlab federatsiyalarda malakali psixologlar ish boshlashi aytildi. Shuningdek, bundan buyon O‘zbekiston vakillari xalqaro musobaqalarga "muhimi g‘alaba emas, ishtirok" shiori ostida bormasligi va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida munosib qatnashish rejalanayotgani alohida ta’kidlandi.
Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasidan 30 ta sport turi bo‘yicha 232 nafar sportchi qatnashdi va yakunda 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi