19:07 / 02.11.2018
3 217

Ro‘ziqul Berdiyev: "G‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "G‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik"
“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” (1:1) uchrashuvi nihoyasiga yetgach, "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Beridev ham o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik. Yaratilgan vaziyatlardan ham to‘liq foydalana olmadik. Agar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Shuningdek Odil Hamrobekovni jarohat olib, maydonni erta tark etishi ham o‘yinimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Endi “Qo‘qon-1912” jamoasiga keladigan bo‘lsam, raqibimiz jiddiy jamoa edi. Tarkibida tajribali futbolchilar ham iqtidorli yosh futbolchilar ham yetarli. Albatta mehmonlar hisobni tenglashtirgach, saqlab qolish payida bo‘lishdi. Bunga erishdi ham. Ikkinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida o‘zlari ham hujumga o‘tishmadi, bizga ham hujum qilish qilishga yo‘l bermadi. Himoyada ham bexato o‘ynashdi.

Biz ikki kundan so‘ng “Neftchi” bilan o‘ynaymiz, bu o‘yin ham biz uchun oson bo‘lmaydi. Bugungi o‘yinni tezda unutib, navbatdagi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga majburmiz. Endi oddiy o‘yin ham, oson o‘yin ham qolmadi. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga qarab baho berish noto‘g‘ri bo‘ladi. Har bir raqibni jiddiy qabul qilish kerak.

Azizjon G‘aniyev! To‘g‘risi Azizjonni o‘zini ham, o‘yinini ham hammamiz sog‘indik, u noyabr o‘rtalarida Yaponiyadan qaytib keladi. Uning yordami bizga juda kerak bo‘layapti. Kelgandan keyin ko‘ramiz, balki bizga so‘nggi o‘yinlarimizda yordam berar", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "G‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik"