17:50 / 03.11.2018
2 387

«Real» bosh murabbiyligi uchun kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi

«Real» bosh murabbiyligi uchun kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi
«Real» prezidenti Florentino Peres «Monako» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Leonardu Jardimni Madridga olib kelmoqchi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Peres Antonio Kontedan rad javobini olgach, portugaliyalik mutaxassisga e’tiborini qaratgan.

Ma’lumot uchun, 29 oktyabr kuni qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatilgan Xulen Lopetegi o‘rniga «Real»ni vaqtinchalikka Santyago Solari boshqarib turibdi. Jardim ham oktyabr oyida «Monako» bilan muvaffaqiyatsiz start qayd etgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» bosh murabbiyligi uchun kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi