20:26 / 03.11.2018
3 207

AIBA Olimpiya o‘yinlari uchun yangi vazn toifalarini e’lon qildi

AIBA Olimpiya o‘yinlari uchun yangi vazn toifalarini e’lon qildi
AIBA texnik komissiyasi raisi Pet Fiako o‘z hisobotida 2020 yilda Tokio mezbonligida o‘tadigan olimpiadada yangi vazn toifalari joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Turon24 AA xabar bermoqda.

"Bu bizning yakuniy qarorimiz: Olimpiya o‘yinlarida erkaklar 8, ayollar 5 vazn toifasida bahs olib boradi", deydi Fiako.

Fiakoning so‘zlariga ko‘ra, Tokio olimpiadasida -52, 57, 63, 69, 75, 81, 91, +91 kg vazn toifalarida 214 nafar bokschi bahs olib boradi.

Shuningdek, oldinroq Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi ayollar uchun kvota miqdori 72 ta qilib belgilanib, ular 5 vazn toifasida bellashishi ma’lum qilingandi: - 51 kg, 57 kg, 60 kg, 69 kg va 75 kg.

Bundan tashqari, Tokio olimpiadasida ishtirok etuvchi professional bokschilarning Olimpiadada qatnashishlari uchun kamida 15 ta jang o‘tkazishlari lozimligi belgilab qo‘yildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AIBA Olimpiya o‘yinlari uchun yangi vazn toifalarini e’lon qildi