"Bornmut" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uchrashuvning birinchi bo‘limida men o‘zimni APLdagi eng yomon murabbiy deb hisobladim. Haqiqatdan ham, juda yomon o‘yin namoyish qildik. Himoyada hujumdagi kabi juda-juda yomon harakatlar qildik. MYuning raqibga bosimini ko‘rish - juda ayanchli bo‘ldi.
Muxlislarning "hujum, hujum, hujum" deb baqirishlarini yoqtiraman. Biroq jamoa to‘pni yo‘qotgandan keyin ehtiyot bo‘lib, himoyada ishonchli o‘ynash kerak. Biroq biz barqaror bo‘la olmadik.
Tanaffusda futbolchilar bilan suhbatni o‘zimizning eng yaxshi davrlarimizni eslatishdan boshladim. Ikkinchi bo‘limda birinchisidagi kabi yomon o‘ynash mumkin emasligini aytdim. Men APLning eng omadli murabbiylaridan biri ekanligimni, shu boisdan ham jamoa 5:2 yoki 6:2 hisobida g‘alaba qozona olishimizni futbolchilarga uqtirdim. Ikkinchi taymda jamoa yaxshiroq o‘yin ko‘rsata boshladi. Anderni maydonga tushirganimdan xursand bo‘ldim. Bunday o‘yinlarda Errera juda ham asqotadi. U to‘p bilan tez ishlaydi va markazdagi muvozanatni ushlab turadi.
Tushuna olmayman, Yang va Reshford ajoyib vaziyatlarni ura olishmadi. Undan ham yomoni, o‘yinni yomon boshladim. Vaholanki, mening yordamchilarim jamoaning mavsumdagi eng yaxshi mashg‘ulotini o‘tkazishganini aytishgandi.", - dedi Mourino. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi