08:33 / 04.11.2018
2 904

Rahimov: “Agar XOQ bilan kelisha olmasak, boks jabr chekmasligi uchun nima qilishni o‘ylaymiz”

Rahimov: “Agar XOQ bilan kelisha olmasak, boks jabr chekmasligi uchun nima qilishni o‘ylaymiz”
Avval xabar berganimizdek, kecha Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA)ning 2018 yilgi Kongressi o‘z ishini yakunladi. Unda AIBAʼning rahbar lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan,o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylandi.

Kongress ishi yakuniga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistning XOQ bilan murakkab munosabatlar haqdagi savoliga javob berar ekan, AIBAning saylangan prezidenti G‘ofur Rahimov shunday dedi:

— Ochiqchasiga tan olishim kerakki, ha, chindan ham XOK bilan munosabatlarimiz ancha taranglashgan, biroq ular bilan doimiy muloqotdamiz. Men hali ular bilan bog‘lanishga ulgurmadim. Mana endi saylanib olganimdan so‘ng ular bilan bog‘lanaman. Hozircha ular bilan keyingi muloqotlarimiz qay tariqa borishi haqida ortiq hech narsa deya olmayman.

“Izvestiya” gazetasi muxbirining “Yaqin orada qanday prinitsipal o‘zgarishlarni amalga oshirasiz?” degan savoliga G‘.Rahimov shunday javob berdi:

— Ayni paytda tashkilotning moliyaviy ahvolini o‘nglash borasida bir necha oydan buyon ish olib bormoqdamiz. Oldingi rahbariyat tashkilotni og‘ir ahvolda qoldirib ketgan. Shu sababli biz tashkilotimizning moliyaviy ahvolini yaxshilash borasidagi ishlarni davom ettirishimiz kerak. Shuningdek, hakamlik ishini yangi bosqichga olib chiqish, dopingga qarshi siyosatni kuchaytirish kabi ishlarni yo‘lga qo‘ysak, o‘ylashimcha, rivojlanishimiz to‘g‘ri yo‘ldan olib borilayotgan bo‘ladi.

“MOK bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirsa boks taqdiri nima bo‘ladi?” degan savolga AIBA prezidentining javobi quyidagicha bo‘ldi:

— Bizning ijroiya direktorimiz boshchilik shtab-kvartiramiz XOQdagilar bilan doimiy aloqada. O‘ylaymanki, biz ular bilan kelisha olamiz. Agar kelisha olmaydigan holat yuzaga kelsa, boks jabr chekmasligi uchun qanday qadamlar qo‘yilishi kerakligini o‘ylaymiz, bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rahimov: “Agar XOQ bilan kelisha olmasak, boks jabr chekmasligi uchun nima qilishni o‘ylaymiz”