10:28 / 04.11.2018
2 905

"Barselona" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

"Barselona" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi
Ispaniya chempionati 11-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.

"Rayo Valekano" maydoniga safar qilgan "Barselona" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi – 2:3.

11-daqiqada Suares mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Poso oradagi farqni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 12-daqiqasida Garsiya mezbonlarni hisobda olib chiqdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida Dembele farqni yo‘qqa chiqarishga erishgan bo‘lsa, oradan 90-daqiqada Suares kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.

Rayo Valekano – Barselona 2:3
Gollar:
0:1 – 11 Suares, 1:1 – 35 Poso, 2:1 – 57 Garsiya, 2:2 – 87 Dembele, 2:3 – 90 Suares.

Rayo Valekano – Garsiya, Amat, Galves (Velaskes, 71), Advinkula, Moreno, Poso, Komesanya, Embarba, Imbula, Trexo (Garsiya, 57), de Tomas (Alegriya, 65).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 67), Buskets, Rafinya (Dembele, 52), Rakitich, Koutino (Munir, 67), Suares.
Ogohlantirishlar: Amat (6), Langle (17), de Tomas (49), Alba (70), Garsiya (89), Velaskes (90).

Valensiya – Jirona 0:1
Gol:
0:1 – 48 Pons.

Valensiya – Neto, Gabriel, Garay, Gayya, Soler (Batshuayi, 73), Koklen (Gameyro, 84), Kondogbia, Vass (Ferran Torres, 85), Gedesh, Santi Mina, Rodrigo.
Jirona – Bunu, Espinosa, Munesa, Planas, Ramalo, Aleish Garsiya, Porro, Roberts (Granel, 78), Pons, Garsiya (Soni, 85), Dumbiya (Alkala, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (28), Dumbiya (30), Koklen (36), Munesa (39), Planas (40), Bunu (59), Gabriel (77), Kondogbia (79).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi