20:40 / 04.11.2018
3 783

Doston Yoqubov jahon chempionatining kumush medali sohibi!

Doston Yoqubov jahon chempionatining kumush medali sohibi!
Ashxobod shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Erkaklar o‘rtasida 67 kg vazn toifasida bahs olib borgan Doston Yoqubov musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz garchi dast ko‘tarish mashqini 139 kg bilan 12-pog‘onada yakunlagan bo‘lsada, o‘zining sevimli siltab ko‘tarish mashqida 180 kg natija bilan kumush medalga egalik qildi. Musobaqa yakunida jami ikki kurash bo‘yicha yurtdoshimiz 319 kg bilan to‘rtinchi pog‘onani band etdi. Batafsil:

Og‘ir atletika. JCh. Ashxobod, Turkmaniston

-67 kg, erkaklar


1. Li Chen (Xitoy) – 332 kg (150 kg + 182 kg)

2. Xuang (Xitoy) – 323 kg (152 kg + 171 kg)

3. Mayora (Venesuela) – 322 kg (147 kg + 175 kg)

4. Doston Yoqubov (O‘zbekiston) – 319 kg (139 kg + 180 kg) . . .

Bu og‘ir atletika bo‘yicha terma jamaomizning joriy jahon chempionatidagi ilk medali bo‘ldi. Kelgusi kunlarda bahs olib boradigan yurtdoshlarimizga ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doston Yoqubov jahon chempionatining kumush medali sohibi!