20:28 / 04.11.2018
3 668

Sergey Lushan: “G‘alaba qozondik va bundan xursandman”

Sergey Lushan: “G‘alaba qozondik va bundan xursandman”
Superliga 29-turida "So‘g‘diyona" o‘z maydonida AGMK ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan so‘ng "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Oybek Nurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ular bugun maydonda borini berishdi. Juda qiyin bahs bo‘ldi. Eng qiyin o‘yinlarni doimo AGMK ga qarshi o‘tkazamiz. Ular ko‘p taraflama bizdan ustun. Biz bugun gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik va g‘alaba bilan barchani tabriklayman - deydi tajribali mutaxassis.

- G‘alaba golini urganimdan xursandman. Bugun jamoamiz bilan xaqiqiy iroda ko‘rsatdik va g‘alaba qozondik. Havo sovuqligiga qaramay stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta raxmat aytamiz -deydi Oybek Nurmatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushan: “G‘alaba qozondik va bundan xursandman”