Rossiya Premer-Ligasining 13-turida «Rostov» «Krasnodar» mehmoni bo‘ldi. «FK Krasnodar» stadionida kechgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.
O‘yinda hisobni 6-daqiqadayoq mezbonlar hujumchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov ochdi, keyin esa «Krasnodar» safida Ari dubl qayd etib, jamoasini oldinga boshladi. Ammo ikkinchi bo‘lim oxirlarida rostovliklar himoyachisi Sverrir Ingason hisobni tenglashtiruvchi golni urdi.
Qayd etish kerakki, Shomurodov uchun o‘yindagi gol uning mavsumdagi ilk goli bo‘ldi. Hujumchi joriy mavsumdagi 10 o‘yinda ishtirok etgan va bu o‘yinlarda unga asosan ikkinchi bo‘lim oxirida imkoniyat berilayotgandi.
Bugungi durangdan keyin «Krasnodar» 23 ochkosi bilan Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qoldi, «Rostov» 22 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda «Rostov» «Dinamo»ni qabul qiladi, «Krasnodar» Krasnoyarsda «Yenisey» mehmoni bo‘ladi. O‘yinlar mos ravishda 10 va 11 noyabr kunlarida o‘tkaziladi.
Rossiya chempionati
13-tur
Krasnodar – Rostov 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 7 Shomurodov, 1:1 – 16 Ari, 2:1 – 72 Ari, 2:2 – 81 Ingason.
Krasnodar – Sinitsыn, Petrov, Spayich, Martinovich, Stotskiy, Pereyra (Kueva, 66), Kabore, Klasson, Gazinskiy, Vanderson (Ramires, 87), Ari (Ignatev, 77).
Rostov – Pesyakov, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Sigurdsson, Yusupov, Щadin, Guliyev (Zuyev, 65), Gatskan, Sigurdarson (Ionov, 63), Shomurodov (Kyartansson, 77).
Ogohlantirishlar: Pereyra (56), Stotskiy (90), Parshivlyuk (90). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi