07:02 / 05.11.2018
3 283

«Chelsi» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonib, «Liverpul»ni quvib o‘tdi

«Chelsi» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonib, «Liverpul»ni quvib o‘tdi
«Chelsi» Angliya Premer-ligasining 11-turi doirasida «Kristal Pelas»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 32-daqiqasida «Chelsi» hujumchisi Alvaro Morata hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Endro Taunsend hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. 65-daqiqada Morata dublni rasmiylashtirdi. O‘yindagi yakuniy hisob Pedro Rodriges tomonidan o‘rnatildi.

Endilikda «Chelsi» ham ochkolarini 27taga yetkazgan va turnir jadvalida to‘plar nisbati yaxshiroqligi evaziga «Liverpul»ni quvib o‘tib Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa joylashgan, «Kristal Pelas» 8 ochkosi bilan — 14-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turni «Chelsi» o‘z uyida «Everton»ga qarshi o‘tkazadi (11 noyabr), «Kristal Pelas» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qiladi (10 noyabr).

Angliya chempionati
11-tur
Chelsi – Kristal Pelas 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 32 Morata, 1:1 – 53 Taunsend, 2:1 – 65 Morata, 3:1 – 70 Pedro.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Jorjino (Fabregas, 80), Kante, Pedro, Barkli (Kovachich, 64), Villian (Azar, 64), Morata.
Kristal Pelas – Xennessi, Sako, Uan-Bissaka, van Anxolt, Tomkins, Mayer (Ayyu, 71), Makartur (Shlupp, 80), Taunsend, Kuyate, Zaa, Milivoyevich.
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonib, «Liverpul»ni quvib o‘tdi