Bundan biroz avval Superliganing 29-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugun g‘alaba qozonishni juda ham xohlagandik. Chunki, shunda 3-o‘ringa chiqib olishimiz mumkin edi. Bugun qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik.
Agar hisob 2:1 bo‘lib turganida Sardor Sobirxo‘jayev yaratilgan qulay imkoniyatdan foydalanganida, o‘yin taqdiri hal bo‘lardi. Biroq, bu futbol. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, akademiyamizdan chiqayotgan yosh futbolchilar haqiqatdan ham juda chiroyli o‘yinlar ko‘rsatishmoqda. Aslida akademiyaning vazifasi ham shu. Umid qilamanki, bu barcha yosh toifalaridagi terma jamoamizga foyda beradi. Futbolda to‘xtab qolish kerak emas, faqat ishlash kerak. Respublikamizda bu kabi iqtidorli futbolchilar juda ko‘p deb o‘ylayman. Ularni qidirib topib, tarbiyalash kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring