22:06 / 05.11.2018
3 606

Andrey Fyodorov: "Muxlislarbop o‘yin bo‘ldi"

Andrey Fyodorov: "Muxlislarbop o‘yin bo‘ldi"
Bundan biroz avval Superliganing 29-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Fyodorov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Kutilganidek qiyin o‘yin kechdi. Har ikkala jamoa darvozasi oldida xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda muxlislarbop o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limdagi majburiy o‘zgarishlardan so‘ng taktikamiz ham o‘zgardi. Aytishim mumkinki, bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi.

Sardor Rashidovning eski jarohati qaytalandi. Ammo u hozir umumiy guruhda shug‘ullanmoqda. Agar o‘yinga 100% tayyor bo‘lsa, albatta oldindagi o‘yinlarda maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Muxlislarbop o‘yin bo‘ldi"