23:43 / 05.11.2018
1 851

Ueyn Runining bir o‘yinlik qaytishidan kimlar manfaatdor?

Ueyn Runining bir o‘yinlik qaytishidan kimlar manfaatdor?
U yana qaytdi! Ueyn Runi Angliya termasi tarkibida so‘nggi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.

Uning 15 yil davomida terma jamoa libosidagi so‘nggi 120-o‘yini «Uembli»da AQSh terma jamoasiga qarshi bo‘ladi. Bundan tashqari u imkoniyati cheklangan bolalar uchun 500 000 funtni xayriya qilishni maqsad qilgan.

33 yoshli Runi Garet Sautgeyt qo‘li ostida o‘yinni zaxiradan turib boshlashi kutilmoqda. Muxlislar ham hujumchining milliy terma jamoaga qo‘shgan ulkan xizmatlarini munosib olqishlashlarini kutib qolamiz.

Uning tashkil qilgan Xalqaro fondi esa ba’zi tomonlar uchun albatta ijobiy tarafdan xizmat qilishi aniq.

UYeFA Millatlar Ligasi

AQShning shu oy o‘rtalarida «tumanli Albion»ga tashrifi Angliyaning Jahon Chempionatidan keyingi beshinchi uchrashuvi bo‘ladi, xususan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi. Bunday o‘yinda Sautgeytning o‘yin rejasida liverpullik hujumchining bo‘lishi ajoyib futbol muhitini yaratib beradi.

Albatta, ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ladi, xususan Runining o‘zini ham. Runining xayrlashuv uchrashuvi UYeFA Millatlar Ligasi doirasidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda sodir bo‘lmasligi biroz ko‘ngilni xira qilishi mumkin. Yangi tug‘ilgan musobaqa o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘rnini egallashi kutilayotgan bir vaqtda Runida milliy terma jamoasida baribir xayrlashuv kechasini o‘tkaza olish imkoniyati tug‘ilgani quvonarli holat.

«Uembli» stadioni

«Uembli» Angliya futbolining uy stadioni hisoblanadi. Tabiiy ravishda barcha uy uchrashuvlari aynan mana shu joyda o‘tkaziladi. Stadionning duch kelgan moliyaviy vaziyati esa «uch sherlar»ning nima uchun tez-tez «jang»ga kirayotganidan dalolat. Bu oy ham terma jamoa o‘z uy stadionini qo‘llab-quvvatlashi aniq.

Uni ko‘rishdan hamma xursand bo‘lmasligi aniq, biroq Runini yana bir marta Angliya termasida ko‘rish uchun bilet sotuvi ortishi aniq. Bundan «Uembli» albatta yutadi. Runining xayriya aksiyasi ham.

Premer Liga klublari

Xalqaro tanaffus haqidagi fikrlar bo‘yicha barcha klub murabbiylari yakdil. Ular o‘z terma jamoalari uchun o‘ynani yomon deb topmaydi. Biroq murabbiylarning muhim futbolchilari xalqaro tanaffus vaqtida orttirib oladigan jarohatlari hisoblanadi.

Angliya bu oyda boshqa ko‘pchilik termalar kabi ikki o‘yin o‘tkazadi. Birinchisi asosan yoshlar va debyut qiluvchilar o‘ynashi kutilayotgan AQShga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa, ikkinchisi Xorvatiyaga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazishadi.

Runining faoliyati

Ueyn Runi «Everton» tarkibida katta sahnaga yorib chiqqaniga ham mana 16 yil to‘libdi. Unga o‘sha vaqtda Angliyaning «oltin umidi» yorlig‘ini yopishtirib qo‘yishgandi.

Biroq uni «Manchester Yunayted»dagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu uni quvib o‘tdi va Lionel Messi bilan raqobatbardosh o‘yin faoliyatini ko‘rsatganiga qaramay Runining faoliyatini yomon deb bo‘lmaydi. «Qizil iblislar» uchun 253 gol, Angliya termasi uchun esa 53 gol urgan hujumchi barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Garchi uning yakuni ertaklardagidek tugamagan bo‘lsada, Angliya safida uni yana bir marta ko‘rish alohida e’tiborga molik. Uning barcha tanqidchilariga qaramay Runi o‘z jamoalari uchun borini berib o‘ynagan.

Kelajak xayrlashuvlari

«Angliya Futbol Federatsiyasi va angliyalik futbolchilar o‘rtasida judayam uzviy bog‘liqlik bor. «Uch sherlar»ning merosi hozirgi tarkibidagi yosh futbolchilarniki bo‘ladi. Ueyn Runi esa ushbu tarixning muhim qismi hisoblanadi» – dedi Garet Sautgeyt yangilik e’lon qilingan vaqtda o‘z munosabatini bildirarkan.

Kimdir Runining izidan borishi va kelajakda buyuk futbolchi yoki umuman afsonaga aylanishi mumkin. «Manchester Yunayted» sobiq vakilining ajoyib faoliyatini o‘yinga tashrif buyurgan muxlislar tribunadan turib kuzatib munosib olqishlashlari shart.

Bunday xurmatni 1966-yilgi qahramon – Ser Jeff Xarstnikidek bo‘lishini kutib qolamiz.
Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ueyn Runining bir o‘yinlik qaytishidan kimlar manfaatdor?