Toshkentning «Lokomotiv» klubi Superliga doirasida «Bunyodkor» bilan bellashib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Natijada, chempionat yakunlanishiga 3 tur qolganida «temiryo‘lchilar» Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ayni paytda «Lokomotiv» hisobida 37 ochko bor va jamoa keyingi o‘yinlar qanday hisob bilan yakunlanishidan qat’i nazar, 2-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.
2019 yili O‘zbekiston uchun OChL yo‘llanmalari «1+2» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar «Lokomotiv» chempionlikni qo‘lga kiritsa, Chempionlar ligasini guruh bosqichidan boshlaydi, aks holda saralash bosqichida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliqning OKMK klubi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritib, OChL yo‘llanmasiga ega bo‘lgan edi. Yana bir yo‘llanma uchun «Paxtakor», «Navbahor» va «Bunyodkor» klublari kurashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi
Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi