«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatini «Real» darvozaboni Keylor Navas transferiga undamoqda, deb xabar beradi Kun.uz.
31 yoshli posbon shu yil yozda Tibo Kurtua «Chelsi»dan Madridga kelgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda. U Chempionlar ligasining so‘nggi 3 mavsumida birinchi raqamli darvozabon bo‘lib, «Real»ning ketma-ket bosh sovrinni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shib kelgan edi.
Navas ushbu mavsumda «qaymoqranglilar»ning 7 ta o‘yinida ishtirok etib, ulardan 3 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Marseloning «Yuventus»ga kelishi ehtimoli haqida xabar berib kelinadi. Shuningdek, o‘tgan hafta transfer huquqi «Real»ga tegishli, ayni paytda «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Xames Rodriges ham Turinga kelishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi