09:28 / 07.11.2018
2 910

«Liverpul» «Srvena Zvezda»ga yutqazib qo‘ydi, «Monako» sharmandali mag‘lubiyatga uchradi

«Liverpul» «Srvena Zvezda»ga yutqazib qo‘ydi, «Monako» sharmandali mag‘lubiyatga uchradi
Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Srvena Zvezda» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Rayko Mitich»da kechgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv mehmonlarning hujumlari bilan boshlangan bo‘lsada, birinchi bo‘lib serblar hisobni ochishdi. 22-daqiqada Milan Pavkov burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mezbonlar yana gol urishdi, maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Pavkov raqib jarima maydoni tomon yaqinlashib keldi va uzoq masofadan chiroyli gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda mersisaydlar harchand urinishmasin bolqonliklar darvozasi tomon yo‘l topa olmadilar.

Parallel kechgan o‘yinda «Monako» o‘zida «Bryugge»ni qabul qildi. «Lui II» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs kutilmaganda mezbonlarning yirik mag‘lubiyati bilan tugadi.

Uchrashuvda Vanaken dubl qayd etgan bo‘lsa, yana Uesli va Rud Vormerlar bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Shu tarqia, Terri Anri boshchiligidagi jamoa yana mag‘lub bo‘ldi va pley-offga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi.

YeChL, 4-tur

Srvena Zvezda (Serbiya) – Liverpul (Angliya) 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 22 Pavkov, 2:0 – 29 Pavkov.

Srvena Zvezda – Boryan, Savich, Rodich, Stoykovich (Gobelich, 59), Degenek, Srnich, Yovanchich, Krstichich (Yovichich, 73), Marin (Chaushich, 64), Ben-Nabuan, Pavkov.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold (Gomes, 46), van Deyk, Milner, Veynaldum, Lallana (Origi, 79), Mane, Saloh, Starrij (Firmino, 46).

Ogohlantirishlar: Marin (5), Lallana (36).

Monako (Monako) – Bryugge (Belgiya) 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar:
0:1 – 12 Vanaken, 0:2 – 17, penalti Vanaken, 0:3 – 24 Uesli, 0:4 – 85 Vormer.

Monako – Benalo, Sidibe, Barreka, Glik (Ture, 76), Jemerson, Tilemans, Ait-Bennasser (Massango, 68), Silla, Shadli, Diop, Falkao (Guano, 61).
Bryugge – Xorvat, Pulen, Densvil, Mexele, Mata (Vlitink, 77), Nakamba, Rits, Vanaken, Vormer, Diatta (Kols, 6), Uesli (Rezayei, 72).

Ogohlantirishlar: Barreka (15).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» «Srvena Zvezda»ga yutqazib qo‘ydi, «Monako» sharmandali mag‘lubiyatga uchradi