09:20 / 07.11.2018
3 236

«Inter» o‘zida «Barselona» bilan durang o‘ynadi, «Tottenxem» «PSV»dan g‘alabani tortib oldi

«Inter» o‘zida «Barselona» bilan durang o‘ynadi, «Tottenxem» «PSV»dan g‘alabani tortib oldi
Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasi V guruhining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Guruh peshqadamlari «Inter» va «Barselona» Milanda kuch sinashishdi. «Juzeppe Meatssa»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi ikki jamoaning ham faolligida o‘tdi. Katalonlar asosan to‘p nazorati va keskin hujumlarga e’tibor qaratgan bo‘lsalar, maydon egalari o‘z omadlarini qarshi hujumdan qidirdilar. Biroq tanaffusgacha hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limni mehmonlar faol boshlashdi va raqib darvozasi oldida birin-ketin xavfli vaziyatlarni sodir etdi. Milanliklar bo‘lim o‘rtalariga kelib jonlanishdi. Biroq birinchi bo‘lib gol urish ko‘k-anorranglilarga nasib qildi.

Zaxiradan maydonga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan Malkom 83-daqiqada Filippe Koutinoning uzatmasini golga aylantirdi. Ammo mehmonlarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi, 87-daqiqada raqib jarima maydoni ichida faollik ko‘rsatgan Mauro Ikardi ikkinchi urinishda darvozani ishg‘ol qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Tottenxem» o‘z maydonida PSV jamoasini qabul qildi. «Uembli»dagi uchrashuvda maydon egalari iroda ko‘rsatishdi.

Mehmonlar o‘yinning ilk daqiqalaridayoq hisobda oldinga chiqib olishdi, Pereyraning burchakdan uzatib bergan to‘pini Lyuk de Yong boshi bilan londonliklar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Maydon egalari 78-daqiqada hisobni tenglashtirishdi: Xarri Keyn o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa londonliklar g‘alaba to‘pini kiritishdi, yana katta sahnaga Keyn chiqdi, uning zarbasidan so‘ng to‘p raqibga tegib darvozadan joy oldi.

Shu tariqa, «Barselona» muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi, PSV esa undan mahrum bo‘ldi.

Guruhdagi holat bilan tanishing: 1. «Barselona» (10 ochko); 2. «Inter» (7); 3. «Tottenxem» (4); 4. «PSV» (1).

YeChL, 4-tur

Inter Italiya – Barselona Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
0:1 – 83 Malkom, 1:1 – 87 Ikardi.

Inter – Xandanovich, de Vrey, Shkrinyar, Vrsalko, Asamoa, Nainggolan (Valero, 63), Brozovich (Martines, 85), Perishich, Vesino, Politano (Kandreva, 81), Ikardi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 74), Buskets, Koutino, Rakitich, Dembele (Malkom, 81), Suares.

Ogohlantirishlar: Rakitich (42), Brozovich (84), Perishich (88).

Tottenxem Angliya – PSV Gollandiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 2 de Yong, 1:1 – 78 Keyn, 2:1 – 89, avtogol Seynsberi.

Tottenxem – Gassaniga, Sanches, Devis, Ore (Tripper, 75), Alderveyreld, Lukas Moura (Lamela, 62), Eriksen, Uinks, Alli, Son Xыn Min (Lorente, 75), Keyn.
PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever, Pereyro (Malen, 73), Xendriks, Losano, Rosario, Bergveyn (Guterres, 86), de Yong (Seynsberi, 81).

Ogohlantirishlar: Losano (38), Son Hin Min (63).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Inter» o‘zida «Barselona» bilan durang o‘ynadi, «Tottenxem» «PSV»dan g‘alabani tortib oldi