YeChL. "PSJ" ochko yo‘qotdi, "Atletiko" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etdi

  • 7-11-2018, 09:43
  • 308
  • Sport
  • YeChL. "PSJ" ochko yo‘qotdi, "Atletiko" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etdi
    Chempionlar Ligasi 4-turining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi.

    "PSJ" ham safarda "Napoli"ga qarshi kechgan o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Bernat parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Insine penaltidan unumli foydalanib, jamoasining durang o‘ynashini ta’minladi.

    "Atletiko Madrid" esa o‘z maydonida "Borussiya Dortmund"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 33-daqiqada Saul hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Grizmann yakuniy hisobni o‘rnatdi.

    Napoli – PSJ 1:1
    Gollar:
    0:1 – 45 Bernat, 1:1 – 62, penalti Insine.

    Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy, Maksimovich (Xyusay, 76), Kulibali, Fabian Ruis (Zelinski, 71), Allan, Kalexon, Gamshik, Insine, Mertens (Una, 83).
    PSJ – Buffon, Tiago Silva, Kerer (Shupo-Moting, 90), Bernat, Markinos, Di Mariya (Kavani, 77), Draksler, Verratti, Mene (Kimpembe, 73), Mbappe, Neymar.
    Ogohlantirishlar: Mbappe (29), Kerer (32), Fabian Ruis (45), Verratti (89), Neymar (90).

    Atletiko Madrid – Borussiya Dortmund 2:0
    Gollar:
    1:0 – 33 Saul, 2:0 – 80 Grizmann.

    Atletiko – Oblak, Ximenes (Montero, 46), Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Rodri Ernandes, Parti, Saul, Korrea (Vitolo, 80), Kalinich (Jelson Martinsh, 62), Grizmann.
    Borussiya D – Byurki, Toprak, Xakimi, Pishchek, Akandji, Vitsel, Dileyni, Sancho (Bruun Larsen, 79), Pulishich (Gerreyru, 59), Roys, Pako Alkaser (Getse, 75).
    Ogohlantirishlar: Korrea (6), Sancho (31), Akandji (90), Roys (90).

    Portu – Lokomotiv 4:1
    Gollar:
    1:0 – 2 Errera, 2:0 – 42 Marega, 2:1 – 59 Farfan, 3:1 – 67 Korona, 4:1 – 90 Otavio.

    Shalke – Galatasaroy 2:0
    Gollar:
    1:0 – 4 Burgshtaller, 2:0 – 57 Ut.

    » » YeChL. "PSJ" ochko yo‘qotdi, "Atletiko" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etdi