Professional boksning super yarim yengil vazn (- 58,96 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov 10 noyabr kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.
Elnur shu kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkaziladigan boks kechasida jang qiladi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi aniq emas. RMK yakkakurash akademiyasi saroyida bo‘lib o‘tadigan kechada o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Mahmud G‘oipov ham o‘zining debyut jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvaliga Elnur 8 noyabr kuni Kaliforniyaning Indio shahrida jang qilishi lozim edi. Ammo raqib topishdagi muammo sabab uning jangi Rossiyaga ko‘chiriladigan bo‘ldi.
Elnur Abduraimov professional boksda ikkita jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?