20:24 / 07.11.2018
3 987

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu kuni G‘iyosovga meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. U 4 ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgan.

27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi