Joriy yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqa "CAFA Womenʼs Championship 2018"ga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha uchrashuvlar “Milliy“ stadionda o‘tkaziladi.
Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlikni18 noyabrdan boshlab “Chig‘atoy“ sport bazasida boshlaydi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, terma jamoalar o‘zaro bir-birlari bilan bitta davra ko‘rinishida o‘yin o‘tkazishadi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘oliblikka erishadi.
Oldinroq Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda 15 va 16 yoshli futbolchilar o‘rtasida ikkita musobaqa o‘tkazilgan va ular Osiyo futbol Konfederatsiyasi tomonidan yuqori saviyada uyushtirilgani e’tirof etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi