05:02 / 08.11.2018
2 743

Klopp: "Nima noto‘g‘ri ketdi? Menda atigi 10 ta barmoq bor sanab chiqishga"

Klopp: "Nima noto‘g‘ri ketdi? Menda atigi 10 ta barmoq bor sanab chiqishga"
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa chempionlar ligasi 4-tur guruh bosqichi doirasida «Srvena Zvezda» (0:2) jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqida gapirib o‘tdi.

-Bugun nima noto‘g‘ri ketganini barmoq bilan sanab bera olasizmi?

-Menda atigi 10 ta barmoq bor sanab chiqish uchun... Bizda ilk xavfli vaziyat bo‘ldi, Starrijda. Yuz foizlik vaziyat. Bunday o‘yinda har qanday gol o‘yinni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Stadiondagi shovqin muhit biz uchun muammo bo‘lmadi. Biroq ikkinchi goldan keyin ularni sezmaslikning iloji bo‘lmadi.

Biz raqibning ishini juda ham osonlashtirib yubordik. Ular o‘zlaridagi ishtiyoq evaziga g‘alabaga haqli bo‘ldi. Biz faqatgina ushbu o‘yinda o‘zimizning o‘yinni yo‘qotdik, umuman emas. Bu narsa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, - deydi Klopp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp: "Nima noto‘g‘ri ketdi? Menda atigi 10 ta barmoq bor sanab chiqishga"