11:53 / 08.11.2018
4 093

Tezkor xabar! Shohjahon Ergashevga munosib raqib topildi

Tezkor xabar! Shohjahon Ergashevga munosib raqib topildi
Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilning 10 noyabr kuni o‘zining professional ringdagi 15-jangini o‘tkazadi.

Shohjahon Chikagoda o‘tadigan jangda 29 yoshli amerikalik Zak Ramseyga qarshi ringga ko‘tariladi.

"Men Zakka qarshi jang o‘tkazishimni hozirgina bildim. Uning qanday jang qilishini o‘rganish uchun ikki kunim bor. Nima bo‘lsa ham men har qanday raqibga qarshi bahslashishga tayyorman", – deydi Shohjahon Ergashev Sports.uz internet portali muxbiriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Sh.Ergashev o‘tkazgan 14 jangning barchasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Zak o‘n ikkita jang o‘tkazib, ularning sakkiztasida g‘alaba qozongan va to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tezkor xabar! Shohjahon Ergashevga munosib raqib topildi