10:40 / 08.11.2018
2 916

«Manchester Siti» o‘zida «Shaxtyor» darvozasiga 6 ta gol urdi, «Lion»da durang

«Manchester Siti» o‘zida «Shaxtyor» darvozasiga 6 ta gol urdi, «Lion»da durang
Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan F guruhidagi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi. «Manchester Siti» o‘zida «Shaxtyor»ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mankunianlar safida Gabriel Jezus xet-trik qayd etgan bo‘lsa, David Silva, Raxim Sterling va Riyod Mahrezlar o‘z hisoblariga bitta gol yozdirib qo‘yishdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Lion» o‘z uyida «Xoffenxaym» bilan jangovar durang qayd etdi. Dastlab, mezbonlar birinchi bo‘limda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldilar. Buning ustiga, ikkinchi bo‘lim debyutida nemis futbolchilari bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Ammo shunday bo‘lsada mehmonlar ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqara olishdi.

Shu tariqa, guruhdagi to‘rtta jamoada ham imkoniyatlar saqlanib turilibdi.

Guruhdagi holat bilan tanishing: 1. «Manchester Siti» — 9 ochko; 2. «Lion» — 6; 3. «Xoffenxaym» — 3; 4. «Shaxtyor» — 2.

YeChL, 4-tur

Manchester Siti Angliya – Shaxter Ukraina 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 13 Silva, 2:0 – 24, penalti Gabriel Jezus, 3:0 – 48 Sterling, 4:0 – 72, penalti Gabriel Jezus, 5:0 – 84 Marez, 6:0 – 90 Gabriel Jezus.

Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker (Danilo, 61), Zinchenko, Silva (Gyundogan, 73), Fernandino (Delf, 76), Marez, Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jezus.

Shaxter – Pyatov, Krivsov, Ismaili, Matviyenko, Rakitskiy, Stepanenko, Maykon (Alan Patrik, 77), Kovalenko, Tayson (Vellington Nem, 77), Bolbat, Morayes (Kayode, 63).

Lion Fransiya – Xoffenxaym Germaniya 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar:
1:0 – 19 Fekir, 2:0 – 28 Ndombele, 2:1 – 65 Kramarich, 2:2 – 90 Kaderjabek.

Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Morel, Mendi, Denayer, Tuzar, Ndombele (Diop, 88), Depay (Traore, 87), Auar, Fekir (Dembele, 74), Rafael.

Xoffenxaym – Baumann, Adams, Fogt, Bichakchich, Shuls, Grillich (Nelson, 57), Demirbay (Nordtveyt, 79), Kaderjabek, Kramarich, Belfodil (Salai, 67), Joelinton.

Ogohlantirishlar: Denayer (6), Adams (18), Grillich (43), Bichakchich (48), Fogt (72), Joelinton (72), Morel (90).
Chetlatish: Adams (51).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» o‘zida «Shaxtyor» darvozasiga 6 ta gol urdi, «Lion»da durang