13:35 / 08.11.2018
3 470

Mourino «Yuventus» fanatlarini masxara qildi (foto, video)

Mourino «Yuventus» fanatlarini masxara qildi (foto, video)
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino YeChL doirasidagi «Yuventus»ga qarshi Turindagi bahsdan so‘ng (2:1) mezbonlar muxlislariga qarata namoyishkorona qiliq ko‘rsatdi.

Portugaliyalik murabbiyning ushbu xatti-harakatini Manchesterda kechgan ilk o‘yin natijasiga javob sifatida baholash mumkin. Ikki hafta oldingi bahsda mankunianliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan, o‘shanda Mourino o‘zining ustidan kulayotgan italyan fanatlariga qarata barmoqlari bilan uch raqami ishorasini ko‘rsatgan, bu bilan «Inter» murabbiyi sifatida 2010 yili erishgan uchta chempionligini eslatib qo‘ygandi. 8 yil oldin Joze «neradzurri»ni Chempionlar ligasi, A Seriya va Italiya kubogida bosh sovrin sari boshlab borgan.

4-tur yakunlariga ko‘ra, «byankoneri» 9 ochko to‘plagan holda guruhda birinchi, «qizil iblislar» 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda «Yuventus» «Valensiya»ni, «MYu» «Yang Boyz»ni qabul qiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino «Yuventus» fanatlarini masxara qildi (foto, video)