07:58 / 09.11.2018
2 512

Mbappening ikki natijasi Ginnessning "Rekordlar kitobi"ga kiritildi

Mbappening ikki natijasi Ginnessning "Rekordlar kitobi"ga kiritildi
«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Ginness rekordlar kitobining ikki karra rekordchisiga aylandi.

L'Équipe xabariga ko‘ra, 2017 yilda futbolchi tomonidan erishilgan yutuqlar rasman kitobga kiritildi.

2017 yil 9 may kuni Mbappe «Monako» tarkibida, Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Yuventus»ga gol urdi va bunday ko‘rsatkichga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi – 18 yosh 140 kun.

Bundan tashqari, hujumchi 2017 yil dekabrda «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi - 18 yosh 293 kun.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappening ikki natijasi Ginnessning "Rekordlar kitobi"ga kiritildi