10:38 / 09.11.2018
2 989

Xalqaro «A» sertifikati uchun tahsil olayotgan murabbiylar Ektor Kuper bilan uchrashishdi

Xalqaro «A» sertifikati uchun tahsil olayotgan murabbiylar Ektor Kuper bilan uchrashishdi
Poytaxtimizda OFKning xalqaro “A” sertifikati uchun murabbiylik o‘quv kurslari bo‘lib o‘tayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etyapti.

O‘quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019 yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo‘lib ishlash huquqini qo‘lga kiritadilar. Shundan so‘ng murabbiylar ikki yil davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, keyin "Pro" litsenziyasi uchun o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu o‘quv kurslarida yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari, hozirgi kunda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan Temur Kopadze, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Ne’matullo Quttiboyev, Xayrulla Karimov, Abdumajid Toirov kabi futbolchilar ishtirok etishyapti. Shuningdek, "A" litsenziyasini qo‘lga kiritib bo‘lgan mutaxassislar - Ulug‘bek Baqoyev, Jasur Abduraimov va Jafar Irismetovlar erkin tinglovchi sifatida mazkur kurslarda qatnashib, bilimlarini yangilashmoqda.

Bugun "A" litsenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashishdi. Tajribali argentinalik mutaxassis uchrashuv davomida murabbiylarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi. Shuningdek, murabbiylik sohasi bo‘yicha turli masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Ushbu o‘quv kurslari 18 noyabr kuniga qadar davom etadi.


Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalqaro «A» sertifikati uchun tahsil olayotgan murabbiylar Ektor Kuper bilan uchrashishdi