Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQShda professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi.
Kaliforniya shtatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o‘tkazilgan jangda Tursunovga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschi professional ringdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.
Ma’lumot uchun, Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida g‘alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).
Eslatib o‘tamiz, Tursunov 2017 yili dastlab qit’a birinchiligida chorak finaldan ortga qaytgan, so‘ng jahon chempionatida -91 kg vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlangan edi. U Osiyo o‘yinlari dasturidan 75 kilogrammdan yuqori vazn toifalari chiqarib tashlangani uchun Indoneziyadagi musobaqada ishtirok etmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi