12:13 / 09.11.2018
3 127

Yevropa ligasi. «Chelsi», «Arsenal» va yana 5 klub pley-off yo‘llanmasini hal qildi

Yevropa ligasi. «Chelsi», «Arsenal» va yana 5 klub pley-off yo‘llanmasini hal qildi
8 noyabr oqshomida ko‘hna qita stadionlarida Yevropa ligasining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar bu turda pley-off masalasini hal qilib oldi. Jumladan, «Chelsi» BATE mehmoni bo‘lib, o‘yinda yaqqol ustunlikni qo‘lga kiritdi va zafarli yurishini davom ettirdi. «Ko‘klar» ikkinchi bo‘lim boshida Olive Jiru tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi. Endilikda Mauritsio Sarri shogirdlari guruh bosqichidagi keyingi ikki o‘yinda bosimsiz, xotirjamlik bilan o‘tkazishi mumkin.

Londonning boshqa bir jamoasi «Arsenal» uchun Portugaliya klublari hamon noqulay raqibligicha qolmoqda. O‘tgan turda o‘z tarixida ilk marotaba portugallarni safarda mag‘lub etgan «to‘pchilar» «Emireyts Stedium»dagi javob uchrashuvida golsiz durangga imzo chekishdi. Shunga qaramay, Unai Emeri jamoasi guruhdan chiqish masalasini hal qilib oldi.

Ushbu turda, shuningdek, «Milan» safarda «Betis» bilan qiyin durangga erishdi – 1:1. «Rossoneri» o‘tgan turda o‘z maydonida ushbu raqibga imkoniyatni boy bergan edi (1:2). Natijada guruhdagi vaziyat hamon chigalligicha qolmoqda. Kecha Italiyaning yana bir vakili «Latsio» «Marsel»ni qabul qilib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va «Ayntraxt» bilan birgalikda pley-offga yo‘l oladigan bo‘ldi.

4-tur yakunlariga ko‘ra, 7 ta jamoa – Angliyaning «Chelsi» va «Arsenal», shuningdek, «Bayer», «Ayntraxt», «Latsio», «Dinamo Zagreb» va «Syurix» klublari keyingi bosqichga chiqish vazifasini muddatidan oldin bajarib bo‘ldi.

Yevropa ligasi, 4-tur
8 noyabr
A guruhi

Bayer Germaniya – Syurix Shveysariya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 60 Yedvay.

Ludogorets Bolgariya – AYeK Larnaka Kipr 0:0 (0:0, 0:0)

B guruhi
Rusenborg Norvegiya – Red Bull Avstriya 2:5 (0:4, 2:1)
Gollar: 0:1 – 5 Minamino, 0:2 – 19 Minamino, 0:3 – 37 Gulbrandsen, 0:4 – 45 Minamino, 1:4 – 52 Adegbenro, 1:5 – 57, avtogol Xovland, 2:5 – 61 Yensen.

Seltik Shotlandiya – RB Leypsig Germaniya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Tirni, 1:1 – 78 Ogyusten, 2:1 – 79 Eduar.

C guruhi
Bordo Fransiya – Zenit Rossiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 35, penalti Kamano, 1:1 – 72 Zabolotnыy.
Zenit – Lunev, Anyukov (Mak, 60), Mevlya, Mammana, Netu, Nabiullin, Yeroxin (Kuzyayev, 65), Paredes, Markizio, Zabolotnыy, Driussi (Shatov, 78).

Slaviya Chexiya – Kopengagen Daniya 0:0 (0:0, 0:0)

D guruhi
Fenerbaxche Turkiya – Anderlext Belgiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 71 Valbuena, 2:0 – 74 Fray.
Chetlatish: Bakkali (79, Anderlext).

Dinamo Zagreb Xorvatiya – Spartak Trnava Slovakiya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22 Goyak, 2:0 – 35, avtogol Kadlets, 2:1 – 63 Chanturishvili, 3:1 – 79 Orshich.

E guruhi
Vorskla Ukraina – Qorabog‘ Ozarbayjon 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 13, penalti Abdullayev.

Arsenal Angliya – Sporting Portugaliya 0:0 (0:0, 0:0)
Arsenal – Chex, Xolding, Lixtshtayner (Meytlend-Naylz, 74), Djenkinson (Kolashinats, 60), Papastatopulos, Genduzi, Remzi, Mxitaryan, Smit-Rou, Ivobi, Uelbek (Obameyang, 30).
Sporting – Ribeyro, Mate, Koates, Brunu Gashpar, Brunu Fernandesh, Migel Luish (Petrovich, 85), Akunya, Gudel, Nani, Montero (Dost, 69), Diabi (Jovane Kabral, 83).
Chetlatish: Mate (87, Sporting).

F guruhi
Betis Ispaniya – Milan Italiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Lo Chelso, 1:1 – 62 Suso.
Milan – Reyna, Musakko (Romanoli, 83), Sapata, Rodriges, Laksalt (Abate, 76), Bakayoko, Kessie, Borini, Chalxanoglu (Bertolachchi, 89), Suso, Kutrone.

Olimpiakos Gretsiya – Dyudelanj Lyuksemburg 5:1 (4:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Torosidis, 2:0 – 15 Fortunis, 3:0 – 26 Xristodulopulos, 4:0 – 36 Fortunis, 4:1 – 69 Sinani, 5:1 – 70 Xassan.

G guruhi
Spartak Rossiya – Reyndjers Shotlandiya 4:3 (2:3, 2:0)
Gollar: 0:1 – 5, avtogol Yeremenko, 1:1 – 22 Melgarexo, 1:2 – 27 Kandeyash, 2:2 – 35, avtogol Goldson, 2:3 – 41 Middlton, 3:3 – 58 Luis Adriano, 4:3 – 59 Xanni.

Rapid Vena Avstriya – Vilyarreal Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0)

H guruhi
Apollon Kipr – Ayntraxt F Germaniya 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 17 Yovich, 0:2 – 55 Aller, 0:3 – 58 Gachinovich, 1:3 – 71 Selayya, 2:3 – 90, penalti Selayya.
Chetlatish: Shtendera (81, Ayntraxt).

Latsio Italiya – Marsel Fransiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 45 Parolo, 2:0 – 55 Korrea, 2:1 – 60 Toven.

I guruhi
Malme Shvetsiya – Sarpsborg Norvegiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 63 Mortensen, 1:1 – 67 Antonsson.

Genk Belgiya – Beshiktosh Turkiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Kuarejma, 1:1 – 87 Berge.

J guruhi
Krasnodar Rossiya – Standard Belgiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 19 Karsela-Gonsales, 1:1 – 79 Suleymanov, 2:1 – 82 Vanderson.

Oqhisor Turkiya – Sevilya Ispaniya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 12 Nolito, 0:2 – 38 Muriel, 1:2 – 52 Manu, 2:2 – 78 Ayыk, 2:3 – 87, penalti Banega.

K guruhi
Astana Qozog‘iston – Yablonets Chexiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Pedro Enrike, 1:1 – 40, avtogol Zaynutdinov, 2:1 – 88 Postnikov.

Dinamo Kiyev Ukraina – Renn Fransiya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 13 Verbich, 2:0 – 68 Mikolenko, 3:0 – 72 Shaparenko, 3:1 – 89 Sebatsho.

L guruhi
BATE Belarus – Chelsi Angliya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 52 Jiru.
Chelsi – Arrisabalaga, Keyxill, Emerson, Dzappakosta, Kristensen, Barkli, Jorjino, Pedro (Xadson-Odoi, 85), Loftus-Chik (Kovachich, 64), Azar (Villian, 62), Jiru.

MOL-Vidi Vengriya – PAOK Gretsiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 50 Milanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa ligasi. «Chelsi», «Arsenal» va yana 5 klub pley-off yo‘llanmasini hal qildi