15:01 / 09.11.2018
3 467

Murodjon Ahmadaliyev 24 noyabr kuni amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi

Murodjon Ahmadaliyev 24 noyabr kuni amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi
Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQShda o‘tkazadi.

Atlantik Sitidagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida o‘tkaziladigan jangda Ahmadaliyevga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Isak Zarate raqiblik qiladi. Murodjon ushbu jangda o‘zining WBA InterContinental kamarini himoya qiladi. U avgust oyida chililik bokschiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi rauddayoq nokautga uchratgan edi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.

Zarate esa 22 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev 24 noyabr kuni amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi